Yurtimizda har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Davlatimiz tomonidan barcha sohalar qatorida hududlarda aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mahallalarda aholining ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga taqdim etilgan bir to‘plam kurash gilamini qabul qilib olishga bag‘ishlangan tadbirda murabbiy va mutaxassislar, sportchi-talabalar shu haqda so‘z yuritib, yaratilgan shart-sharoitlar, davlatimiz e’tibori ya'ni g‘alabalarni ta’minlashga xizmat qilishini taʼkidlashdi.
Universitet rahbariyati, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari, Sport klubi xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda sportchi talabalar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar, vazirlik tomonidan topshirilgan ushbu sport jihozlari kelgusida ta'lim sifatining yanada oshishi hamda talabalarimizning sport bilan samarali shug‘ullanishi va ko‘plab yutuqlarga erishishida muhim omil bo‘lishini e’tirof etishdi.