#seminar
🏐Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bilan hamkorlikda voleybol bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan hakamlar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
♻️Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad – hakamlar malakasini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, joriy yilda yurtimizda voleybol sport turidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ularning xizmat sifatini yuqori darajaga olib chiqish hamda o‘yinlarni shaffof boshqarishlarini ta’minlashdan iboratdir.
📍Eslatib o‘tamiz, respublikamizdagi viloyat va shaharlardan tashrif buyurgan hakamlar ishtirokidagi mazkur o‘quv seminari 2025-yil 13-yanvarga qadar davom etadi.