Bugun, 10-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri Adхam Ikrаmov raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha Kuzatuv kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastlab, vazir Adxam Ikramov universitet moddiy-texnik bazasi, xususan 2024-yilda amalga oshirilgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, 2025-yilda yangi barpo etiladigan sport obyektlari rejalari, shuningdek, Qishki sport turlari bo‘yicha simulyatsiya markazi va Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng Kuzatuv kengashining yig‘ilishi o‘tkazilib, unda universitetning 2024-yilgi faoliyat natijalari bo‘yicha hisobot va 2025-yilgi ustuvor vazifalar bo‘yicha mas’ullarning hisobot taqdimotlari qabul qilindi.
Yakunda 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.