#ochiq_birinchilik
🤺 2024-yil 11-dekabr kuni universitetning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan QILICHBOZLIK sport turi bo'yicha Universitet Ochiq birinchiligi musobaqasi Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tdi.
✅Musobaqaning ochilish marosimida Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri B.Raxmatov, CHOPSTTM bosh murabbiyi S.Djenbayev, Respublika olimpiya paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi N.Moʻminov hamda ishtirokchi sportchilar va talabalar qatnashdi.
📍Aytish lozimki, shiddatli bahslarga boy bo‘lgan ushbu musobaqa har tomonlama yangi iqtidor egalarini kashf etdi.
🗞🏅🎁Musobaqa so‘ngida g'olib va sovrindor talabalar diplom, medal hamda oliygoh Sport klubi tamonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.