#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
✅Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Dilnoza Ismailova hamda barcha kafedralarning xotin-qizlar bo‘yicha mas’ullari tomonidan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etildi.
✔️Bo‘lib o‘tgan davra suhbatlarida mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilgan holda, ularga jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish, sha’ni, qadr-qimmati, qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qilishdek har qanday harakatlar qonuniy jihatdan taqiqlanishi ta’kidlanib, bu borada qabul qilingan qonunlar mazmun mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
📍Shuningdek, gender tengligi va zo‘ravonlik turlari va undan himoyalanish yo‘llariga doir masalalar ham muhokama qilindi. Davra suhbati davomida talaba-qizlar tomonidan berilgan savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.
❓Har bir suhbat yakunida universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar o‘rtasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.