#tashrif #seminar
Bugun, 15-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Litva sport universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Jurate Pozeriene, Strategik tadqiqotlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Marius Brazaitis, Sport va turizmni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Vilija Fominiene tashrif buyurdi.
Dastlab, ikki universitet vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlikda jismoniy tarbiya sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy loyihalar ustida ishlash va ilmiy izlanuvchilar tadqiqotlarini samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shundan so‘ng, Litva sport universiteti professor-o‘qituvchilar ishtirokida oliygohimiz talabalari, magistrantlar va doktorantlar uchun seminar tashkil qilinib, unda sport menejmentidagi ilmiy yangiliklarni ko‘rib chiqish, sport fizioterapiyasi, innovatsiyalar va issiqlikdagi jismoniy faoliyatga fiziologik reaksiyalar mavzularida qiziqarli maruzalar qilindi.
Yakunda mehmonlar universitetdagi mavjud ilmiy laboratoriyalar va qishki sport turlari bo‘yicha simulyatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.