#seminar
Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Jahon karate konfederatsiyasi (WKC/FW) prezidenti Vyacheslav Timofeyev ishtirokida oliygohning karate ixtisosligi talabalari uchun seminar boʻlib oʻtdi.
Dastlab, faxriy mehmon hamda Jangovar yakkakurash sport turlari kafedrasi masʼullari oʻrtasuda uchrashuv oʻtkazilib, unda joriy yilning 4-5 noyabr kunlari Karate VKS boʻyicha boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida universitet talabalarining ishtiroki, dual taʼlim tizimi asosida talabalarning amaliy mashgʻulot jarayonlariga malakali mutaxassis va murabbiylarni jalb etish yuzasidan hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shundan soʻng Vyacheslav Timofeyev tomonidan talabalar, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchilariga karateda zarba berish usullari va ularga beriladigan baholar va hakamlik qoidalari toʻgʻrisida amaliy mahorat darsi oʻtkazildi.
Seminar yakunida esa faxriy mehmonga kafedra masʼullari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.