✅Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mas’ul xodimlari tomonidan oliy ta’lim muassasasida favqulodda holatlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida universitet hududi bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍Jumladan, bugun 2-oktabr kuni yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnik vositalar sozligi tekshirilib, universitetning tegishli binolari, kirish va chiqish joylariga yong‘inga qarshi kurashda zarur tavsiya va eslatmalar qo‘yib chiqildi.
‼️Shu o‘rinda, oliygoh jamoasi hamda talaba-yoshlardan o‘quv auditoriyalari, sport zallari va talabalar turar joylaridagi elektr energiya manbaalari va tabiiy gazdan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda foydalanishlarini so‘rab qolamiz!