Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashining yoshlar birlashmasi tomonidan “Bilimdonlar maydoni” intellektual turniri tashkil etildi.
Turnirda Toshkent viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari professor–o‘qituvchilari o‘zaro bilim maydonida bellashishdi.
Turnir yakunida Chirchiq davlat pedagogika institutining “PEDAGOG” jamoasi 1-o‘rinni, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “TEXNIKA” jamoasi 2-o‘rinni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya sport universitetining “OLIMP” jamoasi 3- o‘rinni egallashdi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashining pul mukofotlari hamda maxsus diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Tadbir so‘ngida, viloyatning faol yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy