#Universitet_hayotidan
Universitetda Malayziyaning Pendidikan Sulton Idris universiteti til o‘rgatish bo‘yicha instruktori doktor Muhammad Hilmi Che Ahmad boshchiligidagi xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy vositalarni ommalashtirish bo‘yicha seminar-treninglar davom etmoqda.
Navbatdagi seminar-trening kecha, 9-sentyabr kuni universiteting Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan olib borildi.
Seminar davomida hozirgi kunda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, chet tillarni o‘rgatish til o‘zlashtirish ko‘lamini kengaytirayotgani, shuningdek, bunday texnologiyalar faqatgina sifatli bilim beribgina qolmay, balki mustaqil ma’lumotlarni qidirib topish, ularni kelajakda o‘z faoliyatlarida tadbiq qila olish ko‘nikmalarini ham yaratayotgani haqida taqdimot qilindi.