#xalqaro_aloqalar
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin sport universiteti vitse-prezidenti, professor Chjan Veyguo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Faxriy mehmonlar universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev va Kompetensiyalarni baholash markazi boshlig‘i Anvar Xodjayev tomonidan munosib kutib olinib, delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish shuningdek, ushu, badminton kabi sport turlari bo'yicha tajriba almashish borasida takliflar ilgari surildi hamda tomonlar o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yakunda faxriy mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, Tianjin Sport Universiteti 1958-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 9 000 ta talaba tahsil olmoqda. Universitetdasport turlaridan tashqari pedagogika, menejment, adabiyot, san'at, fan va tibbiyot kabi 6 ta fan bo‘yicha 18 ta bakalavriat dasturlari mavjud.