#xalqaro_o'quv_kursi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda kurash bo‘yicha 2-guruh 3 oylik xalqaro onlayn kursning amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
Tadbirning ochilish marosimida universitet rektori Rashid Matkarimov, IKI rektori Habibulla Tadjiyev, IKA Bosh kotibi Reza Nassiri, prorektor Sherzod Mirzanov, IKI eksperti Muhammad Vohid Poresfandiyor, oliygoh professor-o‘qituvchilari, institut murabbiylari, shuningdek 10 ga yaqin xorijiy davlatlardan kelgan 30 dan ortiq kurs tinglovchilari va kurash polvonlari qatnashdi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu onlayn kursning amaliy mashg‘ulot jarayonlarida hakamlik qonun-qoidalari va murabbiylar tayyorlashga bag‘ishlagan seminar-treninglar olib borilib, joriy yilning 26-avgustiga qadar davom etadi.