#tanlov
📢DIQQAT TANLOV!
🎨Qadrli talabalar, oliygohimizning Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 9-aprel – buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron mangu yashaydi!” mavzusida “Rasmlar tanlovi” o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!
🏸Tanlov joriy yilning 8-aprel kuni soat 11:00 da Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasida bo‘lib o‘tadi.
✅Tanlov shartlari: ishtirokchilar oʻzlari chizgan rasmlarning mazmun-mohiyatini hakamlarga tushuntirib berishlari hamda kerakli ish qurollari (qog‘oz, qalam, bo‘yoq)ni olib kelishi shart. Ijodiy ishlar kafedra tyutori Mansur Oripovga topshiriladi.
📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon.: +99890 333-64-78.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 9-aprel buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan universitet miqyosida “Sohibqiron mangu yashaydi!” mavzusida rasmlar tanlovini tashkil etish
N I Z O M I
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba-yoshlarni bugungi dunyo taʼlim standartlariga har tomonlama mos boʻlish yuzasidan taʼlim siyosati talabidan kelib chiqqan holda, 9-aprel buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan talaba yoshlarimiz oʻrtasida vatanparvarlikni oshirish, ularning ilm salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Sohibqiron mangu yashaydi!” mavzusidagi “Rasmlar tanlovi”ni oʻtkazish maqsadida tashkillashtiriladi.
2. “Sohibqiron mangu yashaydi!” mavzusidagi rasmlar tanlovi talaba-yoshlar oʻrtasida buyuk bobokalonimiz Amir Temur kabi mardlik, jasurlik, hissiyotini uygʻotish, ilmiy salohiyatini oshirish mavzusiga qaratilgan “Rasmlar tanlovi”ni tashkil etish
I. Umumiy qoidalar:
3.Tanlovda universitetning bakalavr 1-4-bosqichda tahsil olayotgan
talaba-yoshlari ishtirok etadi.
4.Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi.
5.Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, ishtirokchilar soni chegaralanmagan.
II. Tanlovni oʻtkazishning maqsadi va vazifalari
6. “Sohibqiron mangu yashaydi!” mavzusiga qaratilgan tanlovini tashkil etish, yoshlarning bilim darajasini aniqlash, iqtidorli yoshlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish va oʻz iqtidorlarini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida oʻtkaziladi.
7. Tanlov vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talaba-yoshlarni Sohibqiron Amir Temur tarixini yaxshi oʻrgatishga qaratilgan salohiyatli yoshlarni iste’dodlarini ro‘yobga chiqaradigan amaliy chora-tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish;
b) yoshlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish;
c) yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak maʼnaviyatli, intellektual salohiyatli, qilib tarbiyalash;
III. Tanlovda ishtirok etish va oʻtkazish shartlari
8. “Rasmlar tanlovi”ni oʻtkazish boʼyicha universitetda tashkiliy qoʼmita tuziladi.
9. “Rasmlar tanlovi” universitet talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladi.
10. “Rasmlar tanlovi”dagi ijodiy ishlar Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ul tyutori M.Oripovga topshiriladi (+99890 333 64 78).
11. Rasmlar tanlovi 2024-yil 8-aprel 11:00 da boshlanadi.
12. Tanlov ishtirokchilari oʻzlari chizgan rasmlarni mazmun mohiyatini hakamlarga tushuntirib berishlari shart.
13. Rasmlar tanlovi ishtirokchilar o‘zlari bilan ish qurollarini olib kelishi shart (qog‘oz, qalam, bo‘yoq).
IV. Tanlovni shartlari va baholash mezonlari
14. “Sohibqiron mangu yashaydi!”mavzusida rasm chizish;
15. Taqdim etilgan rasmlar tasviriy san’atning har qanday janrida bo‘lishi mumkin (minyatura, portret, korikatura, natyurmot);
16. Ishtirokchilarga 45 daqiqa vaqt beriladi;
17. Ishtirokchilarni ismi familyasi, kafedra nomi va guruh raqami toʻliq chizilgan rasmning o‘ng burchagida boʻlishi kerak.
V. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
18. “Sohibqiron mangu yashaydi!” rasmlar tanlovi gʻoliblari tashkiliy qoʻmita tomonidan tanlovlar tugaganidan soʻng saralanadi.
19. Tanlov gʻoliblari universitet rektorining I, II va III darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
VI. Tashkiliy qo‘mita a’zolari
- Univesitet Yoshlar ittifoqi raisi: S.Eshpo‘latov;
- Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri: M.G‘aniyeva;
- Kafedraga mas’ul tyutor: M.Oripov;
- Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha kafedra mas’uli: I.Ne’matullayev;
- Kafedra kotibi: N.Axmedova.