#amaliyot
2024 yil 29 yanvar sanasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-kurs Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, Marketing (sport), Sport tadbirlarini tashkil etish va Sport psixologiyasi yo'nalishlari talabalarining malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyot jarayonlari boshlandi.
Amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida talabalar turli sport birlashmalari, federatsiya va assotsiatsiyalar, shuningdek Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga yo‘naltirildi.
Kecha, 30 yanvar kuni Talabalar amaliyoti va bandligini ta’minlash boʻlimi mas’ullari boshchiligidagi Sport psixologiyasi yo‘nalishi talabalari Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurib, u yerda markaz faoliyati, amaliyotni o‘tash jarayonidagi tartib-qoidalar bilan batafsil tanishdilar.
Ma’lumot o‘rnida, ishlab chiqarish amaliyoti joriy yilning 24 fevraliga qadar davom etadi.