#musobaqa #ochiq_chempionat
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda sportning yengil atletika turi bo‘yicha erkakalar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq kubogi, shuningdek, 20 yoshgacha va undan kichik yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musoqabalari start oldi.
Ushbu musobaqalarda jami 400 nafar sportchilar, shundan 151 nafari ayyolar bo‘lib, ular 16 ta tur doirasida bahs olib borishadi. Ahamiyatlisi, mazkur sportchilar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham 40 dan ortiq talabalari ishtirok etmoqda.
Yana bir muhim jihat, bosh hakamlik vazifasi universitetning Yengil atletika, biatlon nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti G‘. Xo‘jamkeldiyev tomonidan olib borilib, musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda kafedra profesor-o'qituvchilari ham jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.