Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh prorektorlari hamda universitetning Farg‘ona va Nukus filiallari direktorlari tomonidan asosiy faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar qilinib, ular universitet rektori Rashid Matkarimov va fakultet dekanalari tomonidan tinglandi.
Taqdimotlarda tegishli tuzilma va undagi shtatlar, mavjud bo‘limlar faoliyati haqida qisqacha tavsif, bir yillik faoliyati bo‘yicha maʼlumot, shuningdek, 2024-yilgi asosiy ustuvor vazifalar aks ettirilib, mavjud muammolar, kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish borasida ham aniq takliflar keltirildi.
Jumladan, oliygohning Nukus hamda Farg‘ona fililali rahbarlari o‘z taqdimotlarida moddiy texnik bazani yaxshilash, zamonaviy sport maydonlari, ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish, talabalar bandligi va ularni turar joylar bilan ta’minlash kabi dolzarb muammolarni alohida qayd etib o‘tishdi. Yakunda esa barcha taqdimotlar yuzasidan umumiy xulosa va yechimlar berilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yana bir bor belgilab olindi.