#aksilkorrupsiya_oyligi
Kuni kecha Sport o‘yinlari fakulteti tomonidan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida universitet rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamalakatga aylantirish uchun birlashaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda shuningdek, IIV Akademiyasi Boshqaruv fanlar kafedrasi professori, polkovnik Sh.Qobilov, Chirchiq shahar prokrorining birinchi o‘rinbosari O.Fozilovlar ham qatnashdi.
Talaba-yoshlar uchun eng zaruriy ma’lumotlarni ulasha olgan mazkur suhbat davomida mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslari va prinsiplari, sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida korrupsiyani yo‘q qilishda “akademik halollik” bo‘lishi kerakligi alohida qayd etildi.
Yakunda universitet rahbariyati tomonidan davra suhbatini yuqori saviyada o‘tkazishda ishtiroki va hamkorligi uchun soha mutaxassislariga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.