⚽️ Bugun 12-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekiston Futbol Hakamlar markazi direktori vazifasini bajaruvchisi Ma’mur Saidqosimov ishtirokida talabalarni futbol hakamligiga jalb qilish va o‘qitish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
✅ Seminarda talabalarni hakamlikka, tahlilchilik va murabbiylik kurslariga jalb qilish hamda ularni o‘qitish kurslarini universitetda tashkil qilish yuzasidan muloqot olib borilib, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan hamkorlikda talabalarni hakamlikka tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va shu asosda hakamlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.