#xalqaro_hamkorlik
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
🤝Ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi va ta’limini rivojlantirish yuzasidan tomonlar o‘rtasida akademik almashinuv, qoʻshma ilmiy loyihalar tashkil etish hamda ta’limning yuqori bosqichlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi. Aytish joizki, ushbu hamkorlik ikkala oliy taʼlim muassasasida ta’lim sifatining oshirilishi hamda innovatsion taʼlim metodlarini ilgari surishga xizmat qiladi.
📍Ma’lumot o‘rnida, X.A.Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti madaniyatlararo taʼlim va ilmiy tadqiqotlarga katta eʼtibor qaratishi bilan mashhur.