🏛 Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
👨👩👧👧 Uchrashuv davomida rektor tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida sifatli kadrlarga ehtiyoj doimiy ortib borayotgani, ushbu talablardan kelib chiqib, universitetda ta’lim sifatini oshirish, korrupsion holatlarga murosasizlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirib o‘tdi.
🧑🎓👩🎓Mazkur uchrashuv talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida o‘zaro ishonch va ochiqlik asosidagi samarali aloqalarni mustahkamlashi hamda ikki tomonlama muloqot qilish imkoniyatini yaratgani bilan ahamiyatlidir.
✅ Samimiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuvda talabalarni qiynayotgan muammolar eshitildi, ularning yechimlari yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.