#xizmat_safari
✅Xususan, 17-dekabr kuni Qozog'iston sport va turizm akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport universitetlar xalqaro assotsiatsiya prezidenti Kayrat Zakiryanov tomonidan xalqaro Kongressning yalpi majlisi ochib berildi.
📊Bugun, 18-dekabr kuni mazkur yalpi majlis o‘z ishini 4 ta sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirib, 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.
📍Ahamiyatli jihati, ularning qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedra dotsenti Nailya Svetlichnaya ham "Adaptiv jismoniy tarbiya va sportning psixologik jihatlari" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etmoqda. Vakilimiz o‘z taqdimotida mavzu yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini taqdim etdi va yakunda ushbu yo‘nalish mutaxassislari bilan birgalikda dolzarb muammolar muhokama qilinib, turli oliygohlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlarni davom ettirishga kelishib olindi.