#universitet_hayotidan
✅Bugundan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Sport menejmenti” fanidan Rossiya Federatsiyasining Tyumen sanoat universiteti professori Xayrullina Nursafa Gafurovna ishtirokida 36 soatlik ma’ruzalar boshlandi.
✔️Ma’ruzaning ilk kunida kafedra o‘qituvchilari va talabalarga mutaxassis tomonidan Tyumen sanoat universiteti faoliyati, undagi mavjud yo‘nalishlar va sport menejmenti sohasiga oid ma’lumotlar berildi.
📍Ma’lumot o‘rnida, Nursafa Xayrullina ishtirokidagi ma’ruza darslari joriy yilning 18-dekabriga qadar davom etadi.