#xizmat_safari
💼Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti delegatsiyasi vakillari Koreyada xizmat safarida bo‘lib qaytishdi. Xususan, vakillarimiz 21-noyabr kuni navbatdagi tashrif bilan dunyodagi eng yirik Taekvondo Federatsiyasi Kukkiwonda bo‘lishdi.
♻️Tashrif davomida Kukkiwon faxriy professori Baek Mun Jong boshchiligida delegatsiyamiz vakillari tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda federatsiya vakillari bilan o‘zaro muloqot qildilar. Uchrashuvda tomonlar umumiy hamkorlik jihatlari to‘g‘risida fikr almashib, kelgusida O‘zbekistonda taekvondo san'ati va ilm-fanini yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda musobaqalar tashkil qilish va sportchilarni Kukkiwon Taekvondo sporti bilan bog'liq o‘quv materiallari bilan ta’minlash yuzasidan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
📍Ma’lumot o‘rnida, Kukkiwon 1972-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning to‘liq nomi Taekvondo Jahon Boshqaruv Markazidir. U taekvondo sportining standartlari, qoida va normativlarini belgilaydi. Bugungi kunda uning 200 ga yaqin mamlakatlarda o‘z a'zolari mavjud.