O‘zbekiston terma jamoasi safida 2015-yili Las-Vegas va 2019-yili Qozog‘istonda o‘tgan jahon chempionatining sovrindori, Osiyo o‘yinlarida uch marotaba g‘olib va sovrindorlikka erishgan Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.
Ta’kidlash lozimki, R. Assakalov sportdagi faoliyati davomida uch karra Osiyo chempioni va to‘rt karra sovrindori bo‘lgan. Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o‘yinlarida bronza va oltin medallarini qo‘lga kiritgan kurashchi sanaladi.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiylar shtabiga oldinroq yana bir iqtidorli kurashchi, 2016 yilgi Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov ham jalb etilgan edi.