#sportda_dual_taʼlim
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining turli sport tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borayotgan amaliy ishlari tobora sportchi talabalarning oʻz yoʻnalishidagi sport turlari boʻyicha mahorati oshishdagi ahamiyati yuqori boʻlmoqda.
Xususan, 2024-yil 27-sentabr sanasida universitetning Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻqituvchi-murabbiylari va talabalari Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabida amaliy dars mashgʻulotlarini olib borishdi.
Mashgʻulotlar davomida kafedra oʻqituvchi-murabbiyalari talabalarning gimnastika sport turidagi amaliy koʻnikmalarini tahlil qilib, ularga kerakli tavsiyalarni berishdi.
Ahamiyatlisi, ushbu jarayon orqali nazariy va amaliy bilimlarni uygʻunlashtirishga erishildi.