#kafedra_kubogi
🏆Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlab talabalar oʻrtasida kurash hamda belbogʻli kurash boʻyicha Kafedra kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
✔️Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu musobaqada universitet prorektorlari, Belbogʻli kurash federatsiyasi vakillari, kafedra professor-oʻqituvchilari, murabbiylar, kurash sohasida faoliyat yuritayotgan malakali hakamlar ishtirok etib, oʻzbek kurashining jahon hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzi haqida oʻz fikrlarini bildirdi va qatnashchilarga omad tilashdi.
✅150 ga yaqin kurashchi talabalarni qamrab olgan Kafedra kubogida nafaqat universitet talabalari, balki Oʻzbekiston milliy universiteti talabalari, shuningdek, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlari oʻquvchilari ham turli vaznlarda gʻoliblik uchun halol bellashuvlarga kirishib, sovrindorlar qatoridan munosib oʻrin egallashdi.
🧾🥇🥈🥉Musobaqa yakunida esa gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda medallar topshirildi.