Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek va chet tillari kafedrasi tashabbusi bilan 26 sentyabr – Yevropa tillari kunini munosib nishonlash maqsadida talabalar ishtirokida tadbir tashkil qilindi.
Unda O‘zbek va chet tillari kafedrasi mudiri Nodir G‘afforov, oliygohda bo‘lib turgan Malayziya davlatining Pendidikan Sulton Idris universiteti til o‘rgatish bo‘yicha instruktori doktor Muhammad Hilmi Che Ahmad, kafedra professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchi-murabbiylari, talabalar va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mazkur sana tarixiga oid qiziqarli maʼlumotlarni berildi hamda uni nishonlashdan maqsad, yoshlarni chet tillarini o‘rganishga rag‘batlantirish va turli madaniyatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat ekanligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, talabalar Yevropa tillarining bir nechtasida o‘z tabriklarini izhor etish bilan birga, ular tomonidan o‘qilgan sheʼr va kuy-qo‘shiqlar ham tadbir qatnashchilarga xush kayfiyat ulashdi.