#talaba_yutuqlari
✅Qozog'iston Respublikasining Chimkent shahrida oʻq otish sport turi boʻyicha davom etayotgan "Altin mergen" Gran-Pri xalqaro musobaqasida 6 ta mamlakatdan 264 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. Unda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchi, universitetimizning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi magistranti Vladimir Svechnikov erkaklar o'rtasida PP-3 mashqida 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi!
✅Shuningdek, 10-14 mart sanalarida o‘tkazilayotgan sportning qilichbozlik turi bo‘yicha U 20 O‘zbekiston chempionatida universitetimizning qilichbozlik ixtisosligi talabasi Bibimariyam Saparova shpaga yo‘nalishida 🥉bronza medali sohibasi bo‘ldi.
👏💐Sportchi talabalarimizga oltin va bronza medallari muborak bo‘lsin!