🏀Bugun, 3-mart kuni universitetining Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida oliygohga xorijdan jalb etilgan mutaxassis, Serbiyalik tajribali voleybol murabbiyi Moro Branislav ishtirokida navbatdagi dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
💻⛹🏻Nazariy va amaliy tarzda olib borilgan ushbu dars mashg‘ulotlari davomida voleybol bo‘yicha yosh hakamlarning asosiy vazifa va funksiyalari, o‘yin jarayonlarini baholab borish ko‘nikmalarini oshirish to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilib, mashg‘ulotning amaliy qismida talabalar bilan birgalikda boshlang'ich tayyorlov guruhida shug'ullanuvchi yosh voleybolchilarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha dars mashg‘ulotlari o'tkazildi.
O‘z navbatida,mashg‘ulot qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis atroflicha javob berdi.