#kengash_yiğilishi
✅ Kengash yig‘ilishi universitet rektori Rashid Matkarimov raisligida o‘tkazildi. Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 13 fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi hamda 14 fevral kuni yoshlar bilan Videoselektor shaklida o‘tgan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, ta’lim sifatini oshirishdagi muhim mezonlar, istiqboldagi rejalarni amalga oshirish, shu bilan birga ommaviy sportni rivojlantirishda universitetning tutgan o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
➡️ Tanqidiy-tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda:
🔹 sport sohasi va universitet faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Sport vazirligi topshiriqlari va buyruqlari, shuningdek, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va tegishli hujjatlar bilan ishlash sifati to‘g‘risida;
🔹 Universitetning 2024 yil yakuni bo‘yicha reyting natijalari tahlili hamda universitet kafedralari faoliyatini kompleks o‘rganish natijalari bo‘yicha;
🔹 2024-2025 o‘quv yili 1-yarim yilligi uchun o‘quv yuklamalarining bajarilishi. Qishki yakuniy-nazorat natijalari;
🔹 Professor o‘qituvchilarninng shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarilishi tahlili to‘g‘risida;
🔹 TTJ va sport inshootlarni boshqarish direksiyasi, talabalar turar joyida sanitariya holatini nazorati hamda yotoqxona to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishi hamda sport inshootlaridan unumli foydalanish holati bo‘yicha va boshqa shu kabi masalalar qizg‘in muhokama etilib, mazkur masalalar ijrosini ta'minlash yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.