#universitet_birinchiligi
🏋️♂️🏇Bugun, 5-dekabr kuni universitetning Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida sportning powerlifting turi bo‘yicha Universitet birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
✔️80 dan ortiq talabalarni qamrab olgan mazkur musobaqada talabalar powerlifting sport turidan o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘oliblik uchun bellashdilar.
👇Yakuniy natijalarga ko‘ra 80 kg vazn toifasida:
🥇1- o‘rin – Ilhom Hikmatov 110 kg natija;
🥈2 – o‘rin – Muxibillo G‘affarov 100 kg natija;
🥉3 – o‘rinni Shaxboz Dolimov 93 kg natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,
👇+80 kg vazn toifasida:
🥇1-o‘rin Jahongir Dadabayev 150 kg natija (Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi magistranti);
🥈2-o‘rin – Madiyor Xolmatov 140 kg natija (Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi);
🥉3-o’ringa esa Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Xudoyor Shamsiddinov 137 kg natija ko‘rsatib shohsupadan joy egalladilar.
🏅🧾🎁Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga kafedra hamda Sport klubi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.