🏛Bugun, 18-oktabr kuni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etilgan tyutorlar malaka oshirish kursi tinglovchilari “Tashkent City Mall” savdo markazidagi “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasida bo‘lishdi.
✅Kurs tinglovchilari ko‘rgazmadagi mavjud multimedia vositlarini ko‘zdan kechirish davomida jadidlar hayotiga oid muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🏆Ahamiyatlisi, ushbu kurs tinglovchilari safida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tyutorlari ham bor bo‘lib, ko‘rgazmadagi ma’rifatparvar ajdodlarimizning faoliyati, boy merosi hamda ular tomonidan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar hayoti haqida ibratli tarix hikoyalari bilan tanishdilar.