Bugun ushbu mavzuda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir interaktiv debat shaklida olib borilib, mavzu yuzasidan turli fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, korrupsiya – har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaruvchi omil sifatida baholanib, unga qarshi kurashishda har bir fuqaro mas’ul ekanligi alohida qayd etildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston ham korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘zining amaliy va odilona siyosatiga egaligi va yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Bildirilgan fikrlarga qo‘shimcha ravishda korrupsiyaning jinoiy va ijtimoiy oqibatlari aks etgan ijtimoiy videorolik namoyishi esa ochiq muloqotning ahamiyatlilik darajasini yanada oshirdi.