#davra_suhbati
Joriy yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bo‘limi hamda Chirchiq shahar Amir o‘g‘li Xasanboy Jomek masjidi xodimlari ishtirokida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Mirazanov, rektor maslahatchisi Umar Turakulov, Xalqaro kurash turlari, Futbol, Milliy kurash turlari, Taekvondo, qilichbozlik, Qishki va murakkab texnik sport turlari va Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedralari mudirlari va talabalari ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda din masalasiga qaratilayotgan e’tibor, bu borada diniy tashkilotlarning o‘rni, Islom dinining asl mohiyati, bugungi dunyo sahnasidagi notinch vaziyatda yoshlarni doimo ogoh bo‘lishlari zarurligi xususida so‘z yuritilgan davra suhbati talabalar uchun juda ahamaiyatli bo‘ldi.
Yakunda soha mutaxassislari talaba-yoshlarga mavzu yuzasida ko‘plab foydali maslahatlar va tushuntirishlar berib, ularni qiziqtirgan savollariga ham atroflicha javob qaytarishdi.