#ochiq_mashg‘ulot
🥊Joriy yilning 16-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari, kubalik tajribali murabbiy Xulio Li Echavria hamda kafedra talabalari o‘rtasida boks bo‘yicha ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
✅Mashg‘ulot ikki qismda tashkil etildi. Birinchi qismda kubalik mutaxassis tomonidan boksdagi texnik-taktik harakatlarni takomillashtirishga oid qiziqarli va qimmatli nazariy ma’lumotlar berildi. Ikkinchi qismda esa Kuba boks maktabining hujum va himoya harakatlarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashqlar amliy tarzdako'rsatildi.
📍Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur ochiq mashg‘ulot talabalardagi ham nazariy ham amaliy bilimlarning oshishiga ko‘mak berdi.