#talaba_yugur #sport_musobaqalari
Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqalarda esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining professor-o‘qituvchilari, magistrlari hamda talaba yoshlari hakamlik va tashkiliy ishlarda faol qatnashib, musobaqalar mobaynida yuguruvchi talabalarning jismoniy va funksional tayyorgarlik holatlari doimiy o‘rganilib, qiyosiy tahlilar qilib borishmoqda.
Xususan, universitetning 12 nafar professor-o‘qituvchilari va 2 nafar magistrantlari Nukus shahridan start olgan “Talaba yugur” ko‘ngillilar musobaqasida nafaqat tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda, balki har bir bosqich yakunida olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilib ijtimoiy so‘rovnomalar hamda ilmiy o‘rganishlar olib bormoqda.
Unga ko‘ra, 9-oktabr kuni Nukus sharida talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi musobaqada 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan talabalarning 3km masofani bosib o‘tishdagi erkaklarda: datlabki 100 nafar finish qilgan talabalar o‘rtacha vaqt 11:32.9 soniyani, qizlarda esa 17:17.5 soniyani tashkil etdi.
Eslatib o‘tish joizki, ushbu musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar hudud kesimida 1-o‘rin uchun 5 mln. so‘m, 2-o‘rin uchun 3 mln. so‘m, 3-o‘rin uchun 2 mln. so‘mdan erkaklar va ayollarda alohida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining sovrini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining har birida alohida kurslar kesimida 1-o‘rin uchun oylik stipendiyaning 50% barobarida 6 oy, 2-o‘rin uchun oylik stipendiyaning 50% barobarida 4 oy, 3-o‘rin uchun oylik stipendiyaning 50% barobarida 2 oy Rektor stipendiyasi joriy etilgan.