#tashrif
Ma’lumki, Janubiy Koreya tobora taraqqiy etib borayotgan tinchlik, ezgulik va hamjihatlik mamlakati hisoblanib, O‘zbekiston va ushbu davlat o‘rtasidagi munosabatlar har bir sohada ijobiy ruhda, muvaffaqiyatli tarzda rivojlanib borayapti.
Shu munosabat bilan bugun, 25-iyun kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahriga O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamdo‘stligi doirasida bir qator soha vakillaridan iborat koreyalik sayohatchilar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida sayohatchilar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bo‘lib, universitet prorektori Bahrom Musayev hamda Chirchiq shahar hokimligi vakili hamrohligida oliy ta’lim muassasasi faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va sport zallari bilan yaqindan tanishishdi.
Yakunda universitet rahbariyati tomonidan mehmonlarga esdalik sovg'alari ulashildi.