#qabul2024
⚡️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 5-18-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
🔷 Universitetda 2024/2025 o‘quv yiliga rejalashtirilgan qabul kvotalari: 2024/2025 o‘quv yili uchun Universitet, Nukus va Farg‘ona filiallariga 2 858 ta kvotalar ajratilgan.
🔷 Kunduzgi ta’limga jami 1709 ta ( 1152 ta Universitetga, 300 ta Nukus filialiga, 257 ta Farg‘ona filiali);
🔷 Sirtqi ta’limga jami 1149 ta ( 678 ta Universitetga, 220 ta Nukus filiali, 251 ta Farg‘ona filiali);
🔶 Universitetning magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 24 ta kvota ajratilgan.
🔶 Universitetning kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 45 ta yo‘nalishda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
🔶 2024/2025 o‘quv yili uchun Universitet, Nukus va Farg‘ona filiallariga jami 5304 ta arizalar kelib tushgan. Jumladan: Universitetga 3485 ta, universitetning Nukus filialiga 883 ta, universitetning Farg‘ona filialiga 936 ta.
🔻 Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha universitetda 5 ta sport bazasida 45 ta sport turi bo‘yicha;
🔻 Universitetning Farg‘ona filialida 7 ta sport bazalarida 23 ta sport turlari bo‘yicha;
🔻 Universitetning Nukus filialida 12 ta sport bazalarida 28 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi.
♻️ 2024/2025 o‘quv yili uchun Universitet, Nukus va Farg‘ona filiallarida barcha 45 ta sport turlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli hamda shaffof tashkil qilish bo‘yicha elektron baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
🔰Ayniqsa kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonini tashkil etishdagi inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsion holatlarga chek qo‘yildi. Abiturent imtihon topshirgan vaqtining o‘zida uning olgan ballari elektron tizimda abituriyent ko‘z o‘ngida baholab borildi.
✅ Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tishi universitet rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi mas'ul hodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.
📌Mutasaddilar tomonidan imtihon topshirayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan doimiy muloqotlar olib borildi, ularga imtihon jarayonlariga oid yangiliklar va qabul jarayonlariga oid amalga oshirilayotgan islohatlar tushuntirib borildi.