#xotin_qizlar_faoliyati
Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xotin-qizlar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ayol professor-oʻqituvchilar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov olib bordi va oliygoh Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan Ismailova Dilnoza Tolipovnani jamoaga tanishtirdi.
Shuningdek, prorektor bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, gender tengligi hamda universitetda mazkur yoʻnalishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bilan bogʻliq yechimlarga toʻxtalib oʻtdi.
Oʻz navbatida tegishli lavozimga tayinlangan Dilnoza Ismailova ushbu yoʻnalishda oldinda belgilan reja va maqsadlar haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga xotin-qizlar sohasida faoliyat yuritgan universitetning bir qator faxriy ustozlari ham oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Yakunda birinchi prorektor va yigʻilish qatnashchilari Dilnoza Ismailovaning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoldi.
Eslatib oʻtamiz, tayinlovga qadar Dilnoza Ismailova universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta oʻqituvchisi bo'lgan.