#universitet_hayotidan
📆 2024-yil 17-sentabr kuni universitetning O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasiga biriktirilgan Malayziyaning Pendidikan Sulton Idris universiteti mutaxassisi Muhammad Hilmi Che Ahmad ishtirokida Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar trening tashkil etildi.
✅ “Til korpuslari va uni yaratish muammolari” mavzusida olib borilgan trening davomida xorijiy mutaxassis va mezbon universitet talabalari o'rtasida ingliz tilida suhbatlar o'tkazildi.
📍Bugun, 18-sentabr kuni esa xorijiy mutaxassis tomonidan universitetning menejment yo‘nalishi talabalariga “Sport tadbirlarini boshqarishda xorijiy tilning o‘rni” bo‘yicha seminar-trening darslari boshlandi.
🕌Shuningdek, 2024-yil 13-14 sentabr kunlari Muhammad Hilmi Che Ahmad janoblari kafedra mas’ullari hamrohligida qadimiy Buxoro shahriga turizm sayohati uyushtirildi.