#yoga_festivali
Bugun, 21-iyun kuni poytaxtimizdagi “Central park”da Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlab yoga festivali bo'lib o'tdi.
📌Festival O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramovning kirish so‘zi bilan boshlanib, unda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Smita Pant ham ishtirok etdi.
Mazkur festivalda turli korxona va tashkilotlarning ishchi-xodimlari, Yoga markazi aʼzolari, o‘quvchi-yoshlar shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etishdi.
✅Ahamiyatlisi, ushbu festivalda sog‘lom turmush tarziga befarq bo‘lmagan 1000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.