DIQQAT E’LON‼️
🎓Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan Saudiya Arabistoni va YUNESKO tashkilotining YUNESKO/Al Fozan xalqaro mukofoti uchun tanlov e’lon qilinadi.
✅Ushbu xalqaro mukofot besh mintaqadan tanlab olingan 5 nafar olim va olimalarga taqdim etiladi. Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollarini tashkil etadi.
👉YUNESKO/Al Fozan mukofoti bilan bog‘liq bo‘lgan batafsil ma’lumotlar ushbu veb-sahifada: https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan;
👉Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va ariza varaqalarini ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirishi kerak: https://apply.unescoalfozanprize.org/login.
📆Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 14-sentabrdan 2025-yil 15-aprel kunigacha.
📍Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar hujjatlari 2025-yil 25-mart kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga taqdim etilishi kerak.