#universitet_hayotidan
✅2024-yil 18-sentabr kuni universitetning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutorlari va talabalari Oʻzbekiston Davlat Satira teatrida bo‘lib, teatr jamoasining mahoratli aktyorlari tomonidan ijro etilgan "Maysaraning ishi" nomli spektaklini tomosha qildilar.
⏩Shuningdek, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari mas’ullar hamrohligida oliygohdagi sport inshootlari va o‘quv auditoriyalari bilan tanishdi.
✅Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talablari bilan esa universitet profilaktika inspektori, TTJ va sport inshootlari direksiyasi mutaxassisi va tyutorlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda talabalarga yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish, belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.