#og‘ir_atletika #O‘zbekiston_kubogi
✅ Xorazm viloyatining Urganch shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida universitet talabalari ham munosib o‘rinlarni egallashmoqda.
🏆Xususan, universitetning og‘ir atletika yo‘nalishida tahsil olayotgan 6 nafar sportchi talabalarimiz mazkur nufuzli musobaqada bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritishdi.
👇Chempion va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
🥇Ziyoda Xudoyqulova - 59 kg vazn toifasida;
🥈Ozoda Xojiyeva - 71 kg vazn toifasida;
🥉Mashxura Rustamova - 71 kg vazn toifasida;
🥉Muxlisa Muxtorova - 81 kg vazn toifasida.
📍Ma’lumot o‘rnida bugun, 16-sentyabr kuni soat 15:00 da yana bir talabamiz Shahriddin Abdunazarov 109 kg vazn toifasida ham kattalar ham yoshlar orasida bo‘lib o‘tadigan bahslarda ishtirok etadi.
👍Shahriddinga oldindagi musobaqada omad tilaymiz!