⚡️ Joriy yilning 26-iyul kuni, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Xalqaro kurash instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti ishtirokida xalqaro kurash hakamligi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
✅ Xalqaro kurash instituti, Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi va Afrika kurash ittifoqi vakillari ishtirok etgan ushbu onlayn seminarning ochilish marosimida, Sport vazirligi mas'ul xodimi Muqumjon Arziqulov, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, O‘zbekiston Respublikasi Kurash federatsiyasi Bosh kotibi Alisher Eshonqulov, Xalqaro kurash instituti oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Komil Muxammadievlar soʻz olib, oʻz nutqlarida mamlakatimiz tomonidan olib borayotgan sport siyosati, hususan kurash sportini ommalashtirishga qaratilgan ulkan amaliy ishlar haqida to'xtalib o'tdi.
🥋Seminar davomida hakamlik qoidalari va ko'rsatmalari haqida so'z bordi va xalqaro sport lug‘atida “kurash”, “halol”, “ta'zim”, “to‘xta”, “yonbosh” atamalari mustahkam o‘rin egallagani xususida to'xtalib o'tildi.
🔷 Ushbu xalqaro seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 26-28 iyul kunlari Eswatini davlatida Kurash bo’yicha kattalar va yoshlar o’rtasida bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionati oldidan Afrikalik kurash hakamlari uchun kurash hakamligi bo’yicha amaliy ko’nikmalar berilish va ushbu sport turining o‘ziga hos tomonlarini qayta ko‘rsatib o‘tishdan iborat edi.