#qabul2024
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 5-18-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Ayni kunlarda, ya'ni, 2024-yil 1-iyuldan 30-iyul (shu kuni ham) sanasiga qadar magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni http://magistr.edu.uz platformasi orqali davom etmoqda.
✅ Bugun universitet rektori, Qabul komissiyasi raisi Rashid Matkarimov tomonidan "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi, O‘zbekiston o‘q otish sport turi bo‘yicha milliy terma jamoa a'zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Svechnikov Vladimir Aleksandrovich qabul qilinib, sportchining erishgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi. Uchrashuvda rektor tomonidan mas'ullarga mardlik va jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlarga ega, bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, shijoatli va fidoyi yoshlarni tarbiyalashda V. Svechnikovnikovning sportdagi ibratli yo‘lini namuna qilib ko‘rsatish, sport sohasida yutuqlarga erishishda Vladimir bosib o‘tgan yo‘l va bu yo‘ldagi to‘siq va qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tgani haqida talabalarga tushuntirishlar berib borish haqida tegishli topshiriqlar berdi.
🏆“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti to‘g‘risidagi NIZOMga muvofiq Davlat mukofoti sohibi bo‘lgan V.Svechnikov universitetning magistratura bosqichiga kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida qabul qilinadi.