🎓 Talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
🔷Jumladan, Universitet futbol maydoniga 536 kv.metr hajmga ega yuqori sifatli maysa urug‘lari hamda 220 000 kg biogumus o‘g‘itlari xarid qilinib, futbol maydoniga ekildi. Shuningdek, futbol maydonining sug‘orish tizimini mustahkamlash maqsadida kichik suv hovuzi barpo etilib, zamonaviy sug‘orish uskunalari o‘rnatildi hamda ishga tushirildi.
✅ Hozirgi vaqtda, futbol maydoni landshafti yashil tus olib, ekilgan maysa urug‘lari muntazam ravishda parvarish qilinmoqda. Shu bilan birgalikda, maydon atrofida joylashgan yengil atletika yugurish yo‘laklari rezina qoplamasini yangilash bo‘yicha tegishli loyihalar ishlab chiqilib, xalqaro standartlar asosida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔰 Xabaringiz bor 2025-yilda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mamlakatimiz mezbonlik qiladi. Mazkur IV yozgi Osiyo o‘yinlarining bir qator sport turlaridan musobaqalar universitet sport bazalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
♻️O‘ylaymizki, kelajakda mazkur o‘yingoh terma jamoalar va federatsiyalar uchun mashg‘ulotlar olib boradigan bazaga aylanib, sportchilarning katta musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun qulay maskanga aylanadi.
💠Futbol maydonini yangi o‘quv yili boshida talabalar uchun foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.