#forum2024
“Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi anjumanda Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasasi rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 30 dan ortiq oliygoh rahbarlari, prorektorlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashmoqda.
Ushbu forumda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov boshchiligida universitet vakillari ham ishtirok etmoqda.
Anjumanda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, turizm, geologiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlari tomonidan o‘zaro hamkorlik doirasida 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalarini imzolashi kutilmoqda.
Forum 18-iyulga qadar davom etadi.