🏐 2024-yil 13-iyul kuni Toshkent shahrida joylashgan “JAR” sport majmuasida start olgan ikkinchi tur bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar saralangan jamoalari tashrif buyurib, qizg‘in bahslarga kirishdilar.
📌Mazkur jamoalar orasida Akmal Boltayev hamda Nozimjon G‘ulomovlar murabbiyligi ostidagi voleybol jamoasi Toshkent viloyati sharafini munosib himoya qilmoqda. Jamoamiz musobaqani Jizzax viloyati jamoasini 3:1 hisobida g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi bahslarda Farg’ona viloyatining To'maris jamoasi 3:1 hisobida taslim etildi.
✅ Oldingi o‘yinlarda Universitetimiz jamoasiga muvaffaqiyat tilab qolamiz. Ma’lumot o‘rnida, musobaqa joriy yilning 19-iyul sanasiga qadar davom etadi.