#qabul2024
📅 Xabaringiz bor 5-iyul kunidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlangan.
✅ Bugun, 15-iyul kuni universitet rektori Rashid Matkarimov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov imtihon jarayonlarini kuzatishdi.
🌟 Qabul va kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari adolatli va shaffof holda tashkil etish maqsadida universitetda barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Jumladan, barcha imtihon jarayonlari videokuzatuv kameralari yordamida yozib olinib, universitet rasmiy veb-saytida onlayn tarzda namoyish etilmoqda.
📌 Shu bilan birgalikda ota-onalarning jarayonlarni kuzatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Eslatib o‘tamiz universitetda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 18-iyulga qadar davom etadi.